Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina birinchi prezidenti: Rossiya Qrimdan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechishi mumkin

Foto: RIA Novosti /Yevgeniy Kotenko
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk Rossiya tomoni Ukrainaga Qrimni o‘z xohishiga ko‘ra qaytarishi mumkin ekanini istisno etmadi. Bu haqda RIA «Novosti» Ukraina OAVga asosan xabar bermoqda.
Kravchukning so‘zlariga ko‘ra, yarim orolni rivojlantirish uchun «juda katta mablag‘» talab etiladi.
«Rossiya qachonlardir Qrimni boshqara olmagandi, hamda shuning uchun bizga bergandi. Hozir men shunga o‘xshash vaziyatni ko‘rmoqdaman», - deya ma'lum qildi Kravchuk.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qurilishi tugallangan Qrim ko‘prigiga qaramay, mintaqa «juda katta» xarajatlarni talab etadi. Siyosatchining qayd etishicha, Qrimni «topshirish» yaqin kelajakda yuz berishi shart emas. Uning fikricha, bu xalqaro bosim natijasiga aylanadi.
«Biroq, Ukrainada Qrimdan ko‘ra yaxshi yashashni boshlashsa, Qrim qaytishi aniq ekaniga ishonmayman. Birinchidan, men biz qachon yaxshi yashashni boshlashimizni bilmayman. Ikkinchidan, u yerda ruslar 78 foizni tashkil etadi», - deya aytib o‘tdi Kravchuk.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kravchuk Donbassni saraton o‘simtasiga tenglashtirib, uni kesib tashlash kerakligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

10:32
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

09:42 / 01.08.2025
Kiyevda zarbaga uchragan uy xarobalari ostidan yana 11 kishi jasadi topildi

23:05 / 31.07.2025