Turkmaniston prezidenti o‘z chizmalari asosida poyga mashinasini yig‘di (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov o‘z chizmalari asosida poyga mashinasini yig‘di. Berdimuxamedovning bu mashinani yaratish ustida ishlash jarayoni videoda qayd qilingan.
Ma'lum qilinishicha, Berdimuxamedov 19 iyunda o‘g‘li Sardor bilan Avtomobil sporti markaziga tashrif buyurib, u yerda o‘z chizmalari asosida tezkor sport yo‘ltanlamasini o‘z qo‘llari bilan yig‘gan va uning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgan.
Jumladan, Berdimuxamedov mashinani ishonchliroq qilish uchun uning karkasini kuchaytirishga ko‘rsatma bergan, ba'zi qismlarini boshqatdan o‘rnatgan va o‘zgartirgan. Avtomobil xayollab o‘tirilmay, shu zahotiyoq sinovdan o‘tkazilgan: Berdimuxamedovning o‘zi mashinani boshqargan, uning o‘g‘li unga shturmanlik qilgan. Ota-bola mashinada Qoraqum tomon yo‘l olishgan.
May oyida Berdimuxamedov poyga mashinasida professional poygachi bilan bellashib, uni dog‘da qoldira olgandi. 2015 yil avgustda Turkmaniston prezidenti “Alfa-Romeo-2015” poygasida g‘alabaga erishgan.
Mavzuga oid

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

07:30 / 24.04.2025