Sport | 11:15 / 03.07.2018
1864
1 daqiqa o‘qiladi

Xonda terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Foto: Getty Images

Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Keysuke Xonda jamoasining jahon chempionati 1/8 finalida Belgiyadan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng, xalqaro faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma'lum qildi. 

"Katta ehtimol bilan terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman. Biroq men bizda umidli yosh futbolchilar borligidan xursandman. O‘ylashimcha, ular yapon futbolida yangi tarix yaratishadi. Biz ispanlardan ko‘p narsa o‘rgandik. Bizning jismoniy tayyorgarligimiz mukammal darajadan yiroqda, biroq bizda yaxshi texnika bor. Yaponiyaliklar Ispaniya va Germaniyaning yaxshi klublarida o‘ynashga munosib. Umid qilamanki, bizning bugungi o‘yinimiz Yevropa klublari uchun "Yaponlarga e'tibor beringlar!" mazmunidai signal bo‘ladi", – dedi Xonda. 

Mavzuga oid