Foto: Boshi idishga tiqilib qolgan kamyob hind bo‘risi o‘limdan qutqarildi

Foto: Daily Mail
Hindistonda boshi plastik idishga kirib qolgan bo‘rini muqarrar o‘limdan qutqarishdi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
Jonivorni asli kasbi hisobchi bo‘lgan havaskar fotograf Tanay Panpaliya mamlakatning markaziy qismida, Nagpur shahridan uzoq bo‘lmagan hududda uchratib qolgan.
Ko‘p vaqt davomida boshi idish ichida qolgan jonivor haddan tashqari ozib ketgandi.
Panpaliya o‘zi ko‘rgan voqea haqida mahalliy o‘rmon xo‘jaligi departamentiga ma'lum qilgan, mutaxassislar ikki soat ichida jonivorni topishgan. Ekologlar konteynerni qirqishgan va bo‘rini ozod etishgan. U zudlik bilan odamlar oldidan qochib ketgan va o‘z to‘dasiga borib qo‘shilgan.
Panpaliyaning so‘zlariga ko‘ra, bunday idishlarni mahalliy aholi mahsulotlarni saqlash uchun ishlatadi. «Ular bu idishlarni duch kelgan joyga uloqtirishadi va shunday vaziyatlar yuzaga keladi. Shunday go‘zal jonivor halok bo‘lishiga bir baxya qoldi», — deya norozilik bilan fikr bildirgan u.
Osiyo bo‘risi deb ham ataladigan hind bo‘risi — ko‘k bo‘ri oilasi vakili hisoblanadi. Insoniyat omili natijasida bu tur yo‘qolish xavfi ostida qolgan.
Mavzuga oid

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025
Hindistonda Londonga uchayotgan samolyot quladi. Asosiy ma’lumotlar

19:08 / 09.06.2025