Chrome va Firefox brauzerlarida "josus" kengaymalar aniqlandi
AQShning San-Frantsisko shahrilik dasturchi-muhandis Robert Teton Google Chrome va Mozilla Firefox brauzerlarida Stylish nomidagi “ayg‘oqchi” kengaymasini aniqlaganini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, ushbu kengayma internet foydalanuvchining saytlarga tashrifi tarixini yashirincha saqlab qoladi.
"Atigi bitta cookie fayldan iborat bo‘lgan so‘rov kifoya qiladi, foydalanuvchi Stylish identifikatoriga umrbod ulanib qoladi", - deydi Teton. Dasturchining aytishicha, bu kengayma barcha ko‘rilgan sahifalar haqidagi ma'lumotlarni har bir foydalanuvchi uchun maxsus identifikator bilan o‘z serverlariga yuboradi.

Shunga ko‘ra, Tetonning aytishicha, Stylish va SimilarWeb kompaniyasi, ushbu kengaymaga ega har qanday foydalanuvchi haqida ma'lumotga ega. Google Chrome va Mozilla Firefox brauzerlarida ommabop bo‘lgan Stylish kengaymasi veb-sahifalarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkonini beradi. Undan dunyo bo‘ylab 1,8 mln kishi foydalanadi.
Mavzuga oid

20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda

17:51 / 19.11.2024
Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi

09:06 / 28.07.2017
Adobe Flash tarixga aylanadi

12:35 / 20.04.2017