Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xlor konteyneri yorilishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi zaharlandi
2018 yil 14 iyul kuni soat 02:30larda Bektemir tumani «Oltin topgan» MFY sanoat hududida joylashgan «BLU MARMAR» korxonasi hududida xlor bilan ishlash jarayonida xlor moddasi konteynerida yorilish sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus xabarnoma e'lon qildi.

Xlorli konteyner yorilishi oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 18 nafar ishchi xlor moddasidan zaharlanish tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga joylashtirildi. Soat 5:15 da FVV qutqaruvchilari tomonidan xavf bartaraf etildi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga yotqizilgan 13 nafar yollanma ishchilar sog‘ligi to‘liq tiklanganligi sababli 2018 yil 14 iyul kuni soat 10:30da uylariga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid

21:11 / 25.07.2025
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi

14:39 / 16.07.2025
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi

07:41 / 12.07.2025
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi

17:42 / 07.07.2025