Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Taqdirlash marosimi vaqtida yomg‘ir quydi. Faqat Putinga zontik tutildi
15 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida jahon chempionati final uchrashuvi o‘tkazildi. O‘yin Fransiyaning Xorvatiya ustidan 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinni tribunadan mezbon davlat rahbari Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino hamda finalchilar - Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham kuzatib borishdi.
Ular hakamning o‘yin tugagani haqidagi hushtagidan keyin maydonga chiqib kelishdi va futbolchilarni taqdirlash marosimida qatnashishdi.
Shu vaqtda qo‘qqisdan yomg‘ir quyib yubordi. Bu vaziyatda darhol Rossiya prezidentiga soyabon tutishdi. 7 daqiqa o‘tibgina uning yonidagi arboblarga soyabon keltirildi, bu vaqt ichida esa ular jiqqa ho‘l bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat turli piching va kinoyalarga sabab bo‘ldi. Internet foydalanuvchilarining aksariyati chempionat mezbonlarini madaniyatsizlikda ayblagan.
Mavzuga oid

12:00 / 30.07.2025
«Agenstvo»: Putinning qo‘riqchisi dronlarga qarshi qurol olib yurgani aniqlandi

23:14 / 29.07.2025
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi

16:37 / 29.07.2025
Tramp endi Putin bilan suhbatlashishdan manfaatdor emasligini aytdi

18:33 / 28.07.2025