Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siz vatanni sotdingiz» - «Terminator» Trampga qarshi

Grigory Dukor/Reuters
Sobiq siyosatchi, 2003-2011 yillarda AQShning Kaliforniya shtati gubernatori bo‘lgan Arnold Shvartsenegger 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Donald Tramp hamda Vladimir Putin ishtirokidagi uchrashuv haqida munosabat bildirar ekan AQSh rahbarini keskin tanqid qilgan videomurojaatni e'lon qildi.
«Janob Tramp, hozirgina sizning ishtirokingizdagi matbuot anjumanini ko‘rdim. Siz u yerda «ammamning buzog‘i»ga o‘xshab turdingiz va o‘zingizni xuddi Putinning fanatidek tutdingiz. Putindan dastxat so‘ramasaydingiz yoki u bilan selfiga tushmasaydingiz, deb qo‘rqib turdim.
Bu anjumanda siz bizning razvedkamizni, huquq tizimimizni sotdingiz. Eng dahshatlisi, siz vatanimizni sotdingiz. Sizga nima bo‘ldi? Ronald Reygan Berlin devori oldida turib: «Janob, Gorbachev, bu devorni buzib tashlang», degandi. O‘sha buyuk so‘zlardan nima qoldi axir?»,- deyiladi murojaatda.
Avvalroq Shvartsenegger Putin bilan uchrashuvda Trampni «qaynatilgan makaron»ga o‘xshatgandi.
Tramp Xelsinkida o‘tgan Putin bilan uchrashuvdan keyin keskin tanqidlar ostida qolib ketdi. Amerikaliklar Rossiyani o‘zlariga raqobatchi yoki ittifoqchi emas, dushman sifatida bilishadi. Trampning ruslarga, xususan Putinga nisbatan yumshoq munosabati esa AQSh fuqarolarining g‘azabini keltirmoqda. AQSh matbuoti ko‘plab amaldagi va sobiq siyosatchilarning Trampni tanqid qilgan chiqishlarini e'lon qilishdan to‘xtamayapti.

Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020