Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"To‘yda pul sochish". Urfga aylanayotgan illatlar ta'qibidan qochmaymizmi?
Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar to‘ylar bo‘yicha bir qarorga kelgandi. Qayd etilishicha, to‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga muayyan me'yoriy hujjat bilan emas, odamlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekani bildirilgan.
Ushbu qaror e'lon qilinganiga ko‘p bo‘lmasdan, to‘ylarda pul sochib mashhur bo‘layotgan samarqandlik yigit ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchilik va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga ko‘ra, to‘y va shu kabi oilaviy tadbirlarga sarflanayotgan pullar iqtisodiy drayv yaratib, ancha-muncha oilaning qora qozonini qaynatadi. Lekin, to‘yda pul sochish-chi?

Ochig‘i, kimnidir "aybdor"ga chiqarib, tanbeh berishdan yiroqmiz. Ming qilsa ham erkin fuqarolik jamiyatini qurib, o‘zbekcha demokratiya modelini ilgari suryapmiz. Biz orzu qilgan jamiyatda fuqarolar nimani istasa, shuni bajaradi, faqat qoidani buzmasa bas. Qolaversa, sharqda birovning cho‘ntagidagi pulni hisoblash odobdan emas.
Shunga qaramay, maqsadsiz, dabdabaga berilgan kishilar bilan jamiyat ko‘zlagan uzoqdagi marraga yetib borishi ham qiyin. Isrofgarchilikka qarsak chalgan xalq in'om etilgan ne'matlarning qadriga yetmaydi. Serg‘ayrat, tirishqoq, eng muhimi bilimli va halol yoshlar suv va havodek zarur bo‘lgan jamiyatda illatlarga qarshi kurashish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
Mavzuga oid

17:42 / 05.10.2019
To‘yxona egalari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishining oldi olinadi

11:27 / 27.08.2018
To‘ylarni tartibga solish bo‘yicha komissiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

10:20 / 21.07.2018
To‘ylarda xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar kutilgan natijani bermayapti

11:58 / 29.06.2018