O‘zbekistonga yashil yo‘lak orqali dron olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Amaldagi tartiblarga muvofiq O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish taqiqlangan. Ammo ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kelish holatlari uchramoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Yaqinda Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari «Istanbul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro O.R.ga tegishli bo‘lgan yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.
Ushbu shaxs bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, va deklaratsiyalanmagan «Preo RQ77 Smart drone» rusumli uchuvchisiz uchish apparatini O‘zbekistonga «yashil» yo‘lak orqali yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan ekan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:07 / 11.06.2025
Aeroportda 970 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025