Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qiroli Yamanda halok bo‘lgan harbiylar oilalarini hajga taklif etdi

Foto: RIA Novosti / Zaman Ramazanov
Saudiya Arabistoni qiroli Yamanda prezident Abdu Rabb Mansur Xodiy tarafida jang qilib halok bo‘lgan yamanlik va sudanlik harbiylar oilalarining 1,5 ming a'zosini haj ziyoratiga taklif etish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu haqda Saudiya yangiliklar agentligi xabar berdi.
Islom ishlari bo‘yicha vazir Abdul Latif Abdul Aziz Al Shayxning so‘zlariga ko‘ra, "bu farmonning chiqarilishi ikki muqaddas masjid qo‘riqchisi Saudiya Arabistoni qirolining musulmonlarga, ayniqsa, Yaman hududi, uning xalqi shon-sharafini himoya qilishda halok bo‘lganlarning qarindoshlariga nisbatan saxovatidan darak beradi".
Saudiya Arabistoni 2015 yilda hukumatni egallab olgan "Ansar Alla" shialar harakati isyonchilariga qarshi prezident Xodi tarafida Yamanda harbiy harakatlar boshlagan koalitsiyaga boshchilik qilgandi. Bu koalitsiyaga qator arab davlatlari qo‘shilgan, eng ko‘p harbiylar BAA va Sudan tarafidan yuborilgandi.
Mavzuga oid

20:51
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025