Professional bokschi Ulug‘bek Sobirov faoliyatidagi 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik bokschi Ulug‘bek Sobirov faoliyatidagi yettinchi jangini Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.
8 raund etib belgilangan to‘qnashuvda u mezbon bokschi Teravat Yoxangoxga (19-8-0, KO13) qarshi ringga ko‘tarildi. Jangni faol boshlagan sportchimiz ikkinchi raundga kelib to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi va raqibini nokautga uchratib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Joriy yilning 29 iyulida u filippinlik Dennis Padua (11-15-2, KO6) bilan kuch sinashib, jangning birinchi raundidayoq raqibini ringga qulatgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘tkazilgan 6 jangda Ulug‘bek barchasini g‘alaba bilan yakunlagan va 4 tasida nokaut qayd etgan edi.
Mavzuga oid

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi

22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi

17:39 / 09.12.2024