Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir oyda 5 mingdan ziyod xorijlik O‘zbekistonga kirish elektron vizasini so‘rab murojaat qilgan
Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga O‘zbekistonga kirish uchun beriladigan elektron viza bo‘yicha bir oylik ko‘rsatkichlar haqida ma'lumot berildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, 14 avgust holatiga ko‘ra, dunyoning 42 mamlakatidan 5198 kishi O‘zbekistonga kirish elektron vizasini so‘rab murojaat qilgan. Shundan 4719 nafariga viza berilgan, 479 kishining arizasi ko‘rib chiqilmoqda. Rad etilish holatlari kuzatilmagan.
Elektron viza ko‘rsatkichlariga ko‘ra, O‘zbekistonga qiziqish bildirayotgan davlatlar orasida hamon Xitoy (1 121 kishi) yetakchilik qilmoqda. AQSh (640 kishi) va Buyuk Britaniya (585 kishi) fuqarolari esa ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qayd etishgan.
15 iyul kunidan boshlab O‘zbekistonda xorijlik fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda bo‘lish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish ishlari boshlangan. Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga O‘zbekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida amal qiladi. Berilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz portaliga qilgan murojaatida ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natiladi.
Elektron vizani rasmiylashtirish uchun murojaat berish O‘zbekiston Respublikasiga kelish sanasidan uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Elektron kirish vizasini olish murojaatini ko‘rib chiqish uchun konsullik yig‘imi hajmi 20 AQSh dollarini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:45 / 25.07.2025
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

12:27 / 21.07.2025