Pentagon rahbari: AQSh kosmosda qurol joylashtirishni rejalashtirmayapti

Foto: ALLISON SHELLEY
Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, AQShda o‘z sun'iy yo‘ldoshlarini Rossiya va Xitoydan himoya qilish uchun kosmik kuchlarga ehtiyoj bor. Bu haqda The Washington Post xabar qilmoqda.
Mettisning aniqlik kiritishicha, AQSh kosmosda qurol joylashtirishni rejalashtirmayapti.
«Biz faqat sun'iy yo‘ldoshlarimizni kosmosda himoya qilishimiz mumkinligini ko‘rsatmoqchimiz. Ammo, agar kimdir harbiy vazifalar bilan kosmosga chiqmoqchi bo‘lsa, biz qo‘l solishtirib o‘tirmaymiz», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jyeyms Mettis Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlarida yangi yo‘nalish - kosmik kuchlar tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

21:27 / 14.06.2025