Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Makkeyn vafot etdi

Foto: Getty Images
AQShda 2008 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan arizonalik senator Jon Makkeyn 82 yoshida vafot etdi.
2017 yili Makkeynda bosh miya saratoni aniqlangandi. Xastaligiga qaramasdan u Senatda ishlashda davom etdi. Bir kun oldin uning qarindoshlari bemor davolanishni to‘xtatgani haqida ma'lum qilishgandi.
1982 yili Vakillar palatasi a'zosiga aylangan Jon Makkeyn 1986 yildan buyon Arizona shtati vakili sifatida Senat a'zosi edi. U bu lavozimga 6 marta saylangan. Makkeyn 2008 yilda Respublikachilar partiyasidan prezidentlik saylovida ishtirok etgan va ikkinchi bosqichda Barak Obamaga yutqazgan. 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida bo‘lajak prezident Donald Trampga qarshi chiqishlar qilgan, u prezidentlikka saylanganidan keyin ham uni tanqid qilishda davom etgandi.
U 1936 yili AQSh Harbiy-havo kuchlarining Panamadagi bazasida harbiylar oilasida dunyoga kelgan. Siyosatga kirib kelishdan avval Makkeyn aviatsiyada xizmat qilgan, Vetnamdagi urushda ishtirok etgan. Urush vaqtida uning samolyoti urib tushirilgan, o‘zi esa qo‘lga olinib, 5 yil asirlikda saqlangan va qiynoqlarga uchragan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
Mavzuga oid

11:04 / 05.09.2018
Makkeynning AQSh senatidagi o‘rnini kim egallashi ma'lum bo‘ldi

11:24 / 28.08.2018
Makkeynning vidolashuv maktubi e'lon qilindi

20:10 / 27.08.2018
Jon Makkeynning bevasi uning lavozimini egallashi mumkin – OAV

15:50 / 27.08.2018