Jahon | 20:35 / 28.08.2018
10039
1 daqiqa o‘qiladi

Meyning afrikaliklar bilan birga tushgan raqsi britaniyaliklarga yoqmadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Janubiy Afrikaga tashrifi vaqtida uni kutib olgan maktab o‘quvchilari bilan raqsga tushdi. Bu raqs tasvirlangan videoyozuv Sky News tomonidan namoyish etildi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tarmoqdagi ayrim foydalanuvchilarga siyosatchining bu harakati yoqmadi. Kimdir bosh vazirning raqsini uning mamlakatni boshqarishiga o‘xshatgan bo‘lsa, yana kimdir uni buzilib qolgan robotga o‘xshatdi.

Ammo hukumat rahbarini qo‘llab-quvvatlaganlar ham topildi. Ular Meyni haqorat qilishni bas qilishni, u shunchaki ozgina bo‘lsa ham ko‘ngil yozishga urinayotganini aytishdi.

Mavzuga oid