O‘zbekistonning boksdagi gegemonligi davom etadi. Iqboljon Xoldorov finalga yo‘l oldi
O‘zbekiston boks jamoasining oltinchi vakili ham Osiyo o‘yinlarining finalida jang qiladi.
-64 kg vazn toifasidagi Iqboljon Xoldorov yarim finalda yaponiyalik Daysuki Narimatsuga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 (30:28, 30:27, 29:28, 30:27, 29:28) hisobida g‘alaba qozondi.
U endi finalda Chinzorig Batarsuk (Mo‘g‘uliston) bilan oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston bokschilari yo‘qotishlarsiz finalga chiqishmoqda. Bungacha Hasanboy Do‘smatov (-49 kg), Jasurbek Latipov (-52), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg), Shunqor Abdurasulov (-60 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) ham final yo‘llanmasini hal qilishgandi.
Endi oldinda -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov filippinlik Marsial Feliksga qarshi final uchun jang qiladi.
Shu tariqa, Osiyo o‘yinlari finalida oltin medal uchun jang qiladigan o‘zbekisonlik bokschilar soni 6 nafarga yetdi. Bungacha -49 kg vazn toifasidagi Hasanboy Do‘smatov, -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -56 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov, -60 kg vazn toifasidagi Shunqor Abdurasulov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.
Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025