Pentagon rahbari kutilmaganda Afg‘onistonga keldi

Foto: AFP/Getty Images
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Afg‘onistonga e'lon qilinmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Mettis mamlakatga 7 sentabr, juma kuni kelgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, u ertalab NATOning Afg‘onistondagi missiyasi boshqaruvchisi general Skott Miller bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgandi.
Avvalroq, Miller mamlakatdagi NATO missiyasining yangi rahbari bo‘lgani xabar qilingandi. Ta'kidlanishicha, qo‘mondonni almashtirish marosimi Kobuldagi «Qat'iy qo‘llab-quvvatlov» missiyasi qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Bu lavozimni ikki yarim yil davomida general Jon Nikolson egallagan.
NATO matbuot xizmatidan bildirishlaricha, Miller Afg‘onistonda «NATO ittifoqchilarining samarali va barqaror kuchlari hamda xavfsizlik institutlarini rivojlantirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettiradi».
Mavzuga oid

12:35 / 25.04.2025
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

12:03 / 22.04.2025
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV

19:41 / 18.04.2025