Rossiya AQShni Suriyadagi navbatdagi hujumlardan ogohlantirdi. Amerikaliklar ehtimoliy hujumga tayyorlanishmoqda

Foto: AP
Amerikalik harbiylar Rossiyaning Suriyadagi navbatdagi aviazarbalariga tayyorlanmoqda. SNN telekanali manbasiga ko‘ra, Rossiya tomoni bir hafta ichida ikki marta rasmiy Vashingtonni amerikalik harbiylar joylashgan hududga bo‘lajak hujum haqida ogohlantirgan.
Gap Et-Tanf bazasi joylashgan Homs viloyati haqida ketmoqda. Moskvadagilar amerikalik harbiylar nazoratidagi bu hududda terrorchilar bor deb hisoblamoqda.
Amerikalik harbiylar Rossiya harbiylari havodan va O‘rta Yer dengizidagi harbiy kemalardan turib mahalliy aholi vakillari tomon ham raketalar yo‘llashidan xavotir bildirmoqda. Rossiyaning raketalari noto‘g‘ri manzil tomon uchsa, amerikaliklar javob qaytarishi ham mumkin bo‘ladi.
«Biz ularga Et-Tanfdan yiroqroq bo‘lishni maslahat qildik. Biz javob hujumi uyushtirishga tayyormiz», — degan telekanal suhbatdoshlaridan biri. Yana bir manba esa agar AQSh harbiylariga hujum amalga oshirilsa, «xuddi shu tarzda munosib javob qaytariladi».
Avgust oyi oxirida Bashar Asad armiyasi muxolifat nazoratida qolayotgan oxirgi yirik viloyat bo‘lmish Idlib viloyatiga hujum qilishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Bloomberg agentligi esa AQSh Rossiyani agar Asad harbiylari Idlibda kimyoviy hujum uyushtirsa, Suriya bo‘ylab raketalar yog‘dirilishidan ogohlantirgani haqida xabar berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi Idlibda AQSh hujumiga sharoit yaratilishi uchun boshqa kuchlar kimyoviy hujum uyushtirishi mumkinligini aytgandi.
4 sentabr kuni Rossiya harbiy-havo kuchlarining 4 samolyoti Suriyaning Idlib viloyati hududida joylashgan obektlarga qarata yuqori aniqlikdagi zarbalar berdi. Bu hujum oqibatida tinch aholi vakillari ham halok bo‘ldi.
Suriyada qurolli nizolar 2011 yilda boshlangan. Ziddiyat Bashar Asad boshchiligidagi hukumat kuchlari, muxolifat hamda turli diniy guruhlar o‘rtasida kechmoqda.
Mavzuga oid

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

16:44 / 02.05.2025
«Damashqqa aniq signal». Isroil Suriya poytaxtiga zarba yo‘lladi

17:28 / 28.04.2025