Jurnalist: Mettis Trampni NATO kerakligiga qiyinchilik bilan ishontirgan

Foto: AFP/ Saul Loeb
Jurnalist Bob Vudvord «Qo‘rquv: Tramp Oq uyda» nomli o‘z kitobida yozishicha, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQSh prezidenti Donald Trampni NATO kerakligiga qiyinchilik bilan ishontira olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Mettis mudofaa vaziri etib tayinlanganidan so‘ng tashkil etilgan banket marosimida Trampni Alyans qo‘llab-quvvatlanishi kerakligiga ishontirishga uringan. AQSh prezidenti NATOga nisbatan salbiy munosabati bilan mashhur, sababi Qo‘shma Shtatlar xarajatlarning katta qismini to‘laydi.
«Kechki ovqatning oxiriga kelib, Trampni ishontirishning uddasidan chiqilgani kabi tasavvur paydo bo‘ldi. «Mayli, siz o‘zingizni NATOni olasiz», - dedi u Mettisga. Ma'muriyat alyansni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin siz ijara to‘lovi yig‘ishni boshlaysiz», - deb yozgan Vudvord manbani ko‘rsatmagan holda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Obamaning nutqi paytida uxlab qolgandi.
Mavzuga oid

08:40 / 16.04.2025
NATO bosh kotibi Odessada: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etadi

20:56 / 08.04.2025
Pentagon Sharqiy Yevropadagi harbiy kontingentini qisqartirish imkoniyatini muhokama qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

10:58 / 04.04.2025