BMT Suriyada 2018 yilda uch marta xlor qo‘llanganini ma'lum qildi

Foto: CC0
2018 yil boshidan beri Suriyada tinch aholiga qarshi uch marta xlor qo‘llangan. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi dokladida aytilgan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Suriya hukumat kuchlari Sharqiy G‘uta ustidan nazoratni qaytib olish uchun gavjum aholi punktlariga bir necha marta zarbalar bergan. Hujjatga ko‘ra, hukumat kuchlari 22 yanvar va 1 fevralda Duma va Sharqiy G‘utada bir qator hujumlarni amalga oshirgan.
Ma'lum qilinishicha, birinchi hujumda 6 bola, 7 ayol va 8 erkak, ikkinchisida esa 3 ayol jarohat olgan.
“Guvohlarning aytishicha, ular xlorga xos bo‘lgan hidni sezishgan. Ba'zi guvohlar ushbu hidni maishiy kimyoga xos, biroq keskinroq deb ta'riflashgan”, deb aytilgan dokladda.
Hujjatda aytilishicha, xlordan 4 fevralda Idlibda ham foydalanilgan. Hukumat vertolyotlaridan Sarakiba shahrining Talil tumaniga kamida 2 bochka xlor tashlangan. Hujum oqibatida kamida 11 kishi jabrlangan.
Mavzuga oid

12:44
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

16:44 / 02.05.2025
«Damashqqa aniq signal». Isroil Suriya poytaxtiga zarba yo‘lladi

17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV

20:28 / 24.04.2025