«Xalqlar do‘stligi» va «Paxtakor» metro bekatlari oralig‘ida qanday ishlar olib borilmoqda?

Foto: KUN.UZ
O‘tgan hafta boshidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Xalqlar do‘stligi” va “Paxtakor” bekatlari oralig‘ida poyezd harakati sekinlashishi yuzasidan muhokamalar faollashgan.
Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida, “Toshkentmetropoliteni” DUK transport xizmati rahbari Sulton Qodirov bilan bog‘langanimizda bekatlar oralig‘ida texnik ishlar amalga oshirilayotgani va harakat belgilangan reglament asosida olib borilayotganligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ushbu jarayon 5 kundan 10 kungacha davom etadi.
“Bu borada yo‘lovchilarni hech qanday tashvishlanarli holatlarga tushmaslikka chaqiramiz”, - deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.
Mavzuga oid

16:29
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025