London meri Brexit bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi

Foto: AFP
London meri Sodiq Xon Brexit bo‘yicha yangi referendum zarurligi haqida e'lon qildi. The Guardian shu haqida xabar berdi.
Xon odamlarga Brexit'dan voz kechish imkonini taqdim etish zarur deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Brexit mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Sodiq Xon muzokaralarga juda kam vaqt qolgani va oldinda faqat ikki yo‘l turganini qayd etdi: yo Buyuk Britaniya zarariga shartnoma tuzish, yoki umuman hech narsaga kelishmaslik, bu ketishda vaziyat har qanaqasiga mamlakat ziyoniga hal bo‘ladi.
"Bu Brexit'ning har qanday shartnomasi bo‘yicha referendum o‘tkazish kerakligini bildiradi. Agar o‘zaro kelishuvga erishilmasa, odamlarga Yevropa Ittifoqida qolish imkonini taqdim etish kerak", - dedi Xon.
Mavzuga oid

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025