Tramp Sahroi Kabirda devor qurishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zigagina xos tarzda Afrika davlatlaridan Ispaniyaga noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatishning usulini taklif qildi.
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrelning aytishicha, Tramp Madrid bu maqsadda Sahroi Kabirda devor qurishi kerakligini aytgan.
Ispaniya vakillari bu taklifga Sahroi Kabir 4,8 ming kmga cho‘zilishini aytishgan, Tramp esa “bizning Meksika bilan chegaramizdan uzunroqmas”, deb javob qilgan.
Tramp Meksikadan AQShga muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun qo‘shni davlat bilan chegarada devor qurishni faol qo‘llab-quvvatlab keladi.
Mavzuga oid

08:48 / 18.06.2025
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi

00:22 / 18.06.2025
Ispaniya va Portugaliyada aprel oyida yuz bergan blekaut sabablari aniqlandi

12:32 / 16.06.2025
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

11:11 / 09.06.2025