AQSh o‘zbek paxtasiga amnistiya e'lon qildi

Foto: KUN.UZ
AQSh O‘zbekiston paxta mahsulotlarini bolalar mehnati orqali yetishtirilgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda AQSh Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat ishlari byurosi tayyorlagan hisobotda shunday deyiladi.
Hisobotda aytilishicha, O‘zbekiston va Paragvayda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashda qator sa'y-harakatlar amalga oshirilgan va ilgari kuzatilgan salbiy amaliyot uchun AQSh hukumatining "qora ro‘yxati"da bo‘lgandi.
Hisobotda O‘zbekiston,Braziliya va Paragvay hukumatlari bolalar mehnati, majburiy mehnatning har qanday shakliga qarshi murosasiz kurashga chog‘langani alohida e'tirof etildi.
Xalqaro mehnat tashkilotiga ko‘ra, dunyodagi har 10 nafar bolaning biri turli ko‘rinishdagi mehnatga jalb etiladi va bu son 152 milliondan oshdi. Majburiy mehnatning turli shakllari bilan hisoblab chiqilganda, jahonda 25 million bola mehnatga majburlanadi.
Mavzuga oid

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43 / 29.04.2025
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi

15:27 / 29.04.2025