Moskva Seuldan izoh talab qildi

Foto: vk.com
Rossiyalik diplomatlar Janubiy Koreya hukumatidan Pusan shahrida qo‘lga olingan «Sevastopol» kemasi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berishni so‘radi. Bu haqda «RIA Novosti» kemaga egalik qiluvchi «Gudzon» kompaniyasining vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Shuningdek, bu ma'lumot Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakili tomonidan tasdiqlangan. Shu bilan birga, «Gudzon» vakilining fikricha, bu masala bo‘yicha ish endi boshlangan.
Avvalroq Pusan shahridagi Rossiya bosh konsulxonasi konsuli Roman Bikov Janubiy Koreya tomoni «Sevastopol» kemasini qo‘lga olish holati yuzasidan hech qanday izoh bermaganini ma'lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bortda 14 nafar dengizchi bor, ularga qirg‘oqqa chiqish ruxsat berildi.
Mavzuga oid

21:02
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:36
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

18:08
Patrushev Rossiyaning Odessaga da’vosini e’lon qildi

15:27