Tramp o‘z siyosiy raqiblaridagi «past IQ» haqida ma'lum qildi

Foto: AP /Susan
AQSh prezidenti Donald Trampning Minnesota shtatidagi o‘z tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida ma'lum qilishicha, saylovchilar oraliq saylovlarda o‘z ovozlarini demokratlarga berishlari kerak emas, sababi ularning ba'zilari «past IQ’ga» ga ega. Trampning chiqishi uning tvitterida e'lon qilindi.
Tramp o‘z nutqi paytida, agar demokratlar oraliq saylovlarda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, AQSh vakillar palatasi a'zosi Maksin Uoters moliyaviy xizmatlar bo‘yicha qo‘mitaga rahbar etib tayinlanishi mumkinligini aytdi. Prezidentning fikricha, bu ayol «past IQ» tufayli ushbu lavozim uchun mos emas.
«Men sizlar radikal demokratlar uchun ovoz berishni to‘xtatishingizni istayman», - deya xulosa qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp demokratlarni «jinoyat partiyasi» deb atagandi.
Mavzuga oid

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29 / 28.04.2025
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

14:45 / 28.04.2025