Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start beradi

Foto: Rosatom
Rossiya prezidenti shu hafta O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha muhim hujjatlar to‘plami imzolanadi va AES qurilishiga start beriladi.
«Umid qilamanki, Toshkentga davlat tashrifi chog‘ida bizda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan batafsil muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ularning yakunlariga ko‘ra, qo‘shma hukumatlararo va tijoriy hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanadi», - dedi Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olish marosimida. U yerda O‘zbekistonning elchisi ham bo‘lgan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekiston rahbari bilan birgalikda «Rosatom» tomonidan O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start beradi.
RF prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 18-19 oktabr kunlari amalga oshiriladi.
Bundan avvalroq O‘zbekiston va Rossiya hamkorligidagi atom elektr stansiyasi (AES) Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasida joylashgan To‘dako‘l suv ombori yaqinida qurilishi ma'lum qilingandi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida 20 milliard dollarlik hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

15:16 / 01.05.2025
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi

21:28 / 30.04.2025
Lavrov Putinning 9 may sulhi bo‘yicha taklifini «bevosita muzokaralar boshlanishi» deb atadi

15:03 / 30.04.2025
AQSh Yevropaga Putin bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma’lum qildi

10:00 / 30.04.2025