Jahon | 01:03 / 23.10.2018
39285
2 daqiqa o‘qiladi

Xakerlar Saudiyada o‘tadigan forum saytida Qoshiqchining “qatl etilishi” suratini joylashtirishdi 

Foto: AP Photo / Lefteris Pitarakis

Xakerlar Saudiya Arabistonida o‘tadigan Future Investment Initiative investitsiyaviy forumi saytini buzib kirib, uning bosh sahifasida jurnalist Jamol Qoshiqchining “qatl etilishi” suratini joylashtirishgan. Bu haqda Newsweek nashri xabar berdi.  

Avvalroq Qoshiqchining yo‘qolishi bilan bog‘liq vaziyat sababli ko‘plab tadbirkorlar va OAV Ar-Riyodda 23-25 oktabrda o‘tuvchi forumga borishni bekor qilgan. 

Forum saytida ma'lum qilinishicha, sayt 22 oktabrda buzilgan. Nashr skrinshotini keltirgan saytda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan “qatl etilayotgan” Qoshiqchi surati tasvirlangan. Shahzoda yonida qo‘lida IShID bayrog‘i bo‘lgan noma'lum kimsalar bor.

Foto: Newsweek.com

“Dunyoda bolalarning xavfsizligi uchun barcha davlatlarni Saudiya Arabistoni tuzumiga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqiramiz. AQSh bilan bog‘langan tuzum o‘z fuqarosi Jamol Qoshiqchi va Yamanda minglab aybsiz odamlarning o‘ldirilishi kabi vahshiy va rahm-shafqatsiz harakat uchun javobgarlikka tortilishi kerak. O‘rta asrlarga xos Saudiya Arabistoni tuzumi terrorchilikni moliyalashtirishning manbalaridan biridir”, deb aytilgan xakerlar tomonidan surat ostida qoldirilgan yozuvda.

Mavzuga oid