Samarqand viloyatida noqonuniy aviakassa tashkil qilgan shaxs aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Departamentning Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning davomida, fuqaro G.A. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy aviakassa tashkil qilib, 8 nafar fuqaroga aviachipta olib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 16,8 mln. so‘m va 100 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:06
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

09:54 / 11.05.2025