Rasman: maktab jurnalini tayyorlash uchun o‘qituvchi pul to‘lamaydi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistondagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarda vaqtinchalik sinf jurnalini tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar ta'lim muassasalarining boshqa xarajatlarida ko‘zda tutilgan, tejalgan va iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan zudlik bilan amalga oshirilishi belgilandi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov 24 oktabr kuni imzolagan hujjatda shunday deyiladi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, mahalliy boshqarma boshliqlari, tumanlardagi bo‘limlar mudirlari va barcha umumiy o‘rta ta'lim muassasalari rahbarlariga «zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun xarajatlar smetasining boshqa moddalarida tejalgan va iqtisod qilingan mablag‘lardan o‘rnatilgan tartibda samarali foydalanish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi».
Bundan tashqari, rahbarlar oldiga tegishli mablag‘lar yetarli bo‘lmagan hollarda byudjyetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish, sarf-xarajatlar bo‘yicha buyurtmalarni zudlik bilan hududiy moliya organlariga kiritish vazifalari ham qo‘yilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil o‘quv mavsumi boshidan buyon umumiy o‘rta ta'lim maktab sinflari uchun sinf jurnallari yetkazib berilmayapti. Xalq ta'limi vazirligining ta'kidlashicha, sinf jurnalini sotib olish bo‘yicha tender e'lon qilingan va jarayon yakuniga yetmagan.
Shundan so‘ng, vazirlik tomonidan mahalliy boshqarmalarga maktablarning I-IV, V-IX, X-XI sinflari uchun vaqtinchalik sinf jurnallari namunasi yuborilgandi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan o‘qituvchilar ushbu masalada xavotirini bildirib, «maosh oshirilgan, hech kim ishidan ayrilishni istamaydi», jurnalni o‘z mablag‘laridan tayyorlashga majbur bo‘layotganini aytishgandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
Jahon | 18:12
-
Dunyodagi eng katta to‘g‘on Yerning aylanishini sekinlashtirdi
Jahon | 18:01
-
Zelenskiy Putin taklif qilgan uch kunlik sulhni rad etdi
Jahon | 17:18
-
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
Jamiyat | 17:00
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025