Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu va Ronaldo o‘zaro taqqoslandi

Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luish Figu futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan bo‘lgan Krishtianu Ronaldu va braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldoning o‘yinini taqqosladi.
“Krishtianu juda ko‘p gol urishga qodir. Ikkala hujumchi ham yaxshi taassurot qoldiradi. Ular ko‘p gol kafolatlaydilar. Yagona qilinadigan ish – ularga pas yetkazib berishdir. Qolgan barchasini o‘zlari uddalaydilar. Biroq Ronaldo jarima maydonchasida yaxshiroq o‘ynagan, deb hisoblayman”, deb aytgan Figu va ikki futbolchidan braziliyalikni tanlagan bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Figu o‘z vaqtida ikkala futbolchi bilan ham birga to‘p surgan. U “Real”da Ronaldo bilan, terma jamoada esa Ronaldu bilan birga o‘ynagan.
Ronaldo ham, Ronaldu ham Madridning “Real”ida to‘p surgan. Braziliyalik “qaymoqranglilar” bilan Ispaniya chempioni bo‘lgan, Braziliya terma jamoasi safida esa 1994 va 2002 yillarda jahon chempionatini yutgan.
Portugaliyalik “Real”da 2009 yildan boshlab to‘p surgan va klubning eng yaxshi to‘purariga aylangan. U klub tarkibida Chempionlar ligasini 4 marta yutishga muvaffaq bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Ozarboyjon ishi»: Germaniyada sobiq deputat shartli jazoga hukm qilindi
Jahon | 15:43
-
Yakkabog‘da haydovchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi
Jamiyat | 15:10
-
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi
Jamiyat | 14:38
-
Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 14:38
Mavzuga oid

18:48 / 21.11.2022
Messi va Ronalduning birgalikdagi surati fotoshop bo‘lib chiqdi

17:37 / 23.05.2021
Ronaldu va Saloh YeChLsiz qoladimi? Italiya, Angliya va Fransiyada so‘nggi tur intrigalari

07:46 / 11.01.2021
Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarning rekordini takrorladi

08:37 / 04.01.2021