Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron markaziy banki SWIFT to‘lov tizimidan uzib qo‘yildi

SWIFT kompaniyasi o‘z tizimidan Eronning markaziy banki va boshqa moliyaviy muassasalarini uzib qo‘ydi. Bu haqda AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Sigal Mandelkerga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
SWIFT bir hafta avval Eronning bir qator banklarini axborot almashish tizimidan uzib qo‘yganini ma'lum qilgandi. Ushbu qaror AQShning Eronga qarshi sanksiyalarni tiklashi bilan bog‘liq holda qabul qilingan.
SWIFT banklararo axborot almashish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan xalqaro tizim bo‘lib, uning ta'sischilari 19 ta davlatdan 248 ta bank hisoblanadi.
Mavzuga oid

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025