Makedoniyaning sobiq bosh vaziri Vengriyadan siyosiy boshpana so‘radi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Danichev
Makedoniyaning sobiq bosh vaziri, o‘z vatanida ikki yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan Nikola Gruyevskiy Facebook’da Vengriyada ekanligini va bu mamlakatdan siyosiy boshpana so‘raganligini ma'lum qildi.
Respublikaning sobiq bosh vaziri va VMRO-DPMNe muxolifatchi partiyasi rahbari Gruyevskiy Makedoniyada qidiruvga berilgandi. U Skope asosiy sudi tomonidan narxi 500 ming yevrodan qimmat turuvchi avtomobilni sotib olishda xizmat mavqeini suiiste'mol qilganligi uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan. Ammo o‘tgan haftadan buyon uning qayerda ekanligi noma'lum bo‘lib kelayotgandi. Politsiya uni uyi va ishxonasidan qidirib topolmagandi.
"Men Budapeshtdaman va Vengriya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radim", — deb yozdi Makedoniya hukumatining sobiq rahbari.
Gruyevskiy va uning partiyadoshlari korrupsiya va xizmat mavqeini suiiste'mol qilish hamda Makedoniya parlamentida 2017 yil 27 aprelda yuz bergan tartibsizliklarda ayblanmoqda.
Mavzuga oid

08:20 / 10.03.2022
O‘zbekistonda Yevropada qidiruvda bo‘lgan, katta miqdorda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

22:16 / 25.10.2019
Olimlar Iskandar Maqduniyning o‘limi sababini aniqlashdi

16:48 / 18.02.2019
Shaxmat taxtasida navbatdagi yurish. Makedoniya nega NATOga kirmoqda?

15:27 / 13.02.2019