Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda “Tramadol” savdosi bilan shug‘ullangan 28 nafar shaxs ushlandi

Foto: KUN.UZ
Chilonzor tumani adliya bo‘limi 2018 yil 5 sentabr kuni Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda Chilonzor tumani, 16-mavzeda joylashgan do‘konlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan suhbat uyushtirildi.
Chilonzor tuman adliya bo‘limi xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida tadbirkorlar do‘konlarining old qismi va fuqarolar qatnovi yo‘lagida yoshlari taxminan 25-35 yoshdagi shubhali ayol va erkaklar tomonidan “Tramadol” va “Lirika” psixotrop giyohvand dori vositalari sotilayotgani, ular asosan kunning kechki ikkinchi yarmi, ya'ni, 18-22larda o‘zlarining noqonuniy “savdo”sini boshlashlarini ma'lum qilishdi.
Ularning bu harakatlaridan yo‘ldan o‘tib ketayotgan fuqarolar, yoshlar, savdo xodimlari va xaridorlarning osoyishtaligi buzilayotganligini, shuningdek, bu holat farzandlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganligini, shu sababli ushbu psixotrop moddani sotayotganlarga hamda iste'mol qilib kelayotgan fuqarolarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik, shuningdek, mazkur hududga ichki ishlar xodimlarini biriktirib berishni so‘rashdi.
Qonunchilikka ko‘ra, “Tramadol” va “Lannaxer” dori vositalari psixotrop modda hisoblanadi. Tadbirkorlar bilan suhbat chog‘idagi dalillar o‘rganilib, tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Haqiqatan ham mazkur hududda psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273- va 276-moddalari bilan 23ta jinoyat ishi ochilib, 28 nafar fuqaroga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

20:50 / 10.07.2025
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

13:01 / 27.06.2025
Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlab kelgan fuqaro ushlandi

11:02 / 25.06.2025