Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon Rog‘un GES sharafiga tashkil etilgan konsertda raqsga tushdi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
17 noyabr kuni kechqurun Dushanbe shahridagi «Navro‘zgoh»da Rog‘un GES birinchi agregati ish boshlagani munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon katta o‘g‘li, Dushanbe shahar hokimi Rustami Imomali bilan artistlarni olqishladi va biroz raqsga tushdi. Bu haqda Axbor portali xabar qilmoqda.



«Navoiy Badaxshon» ansambli «Bo nur vuzӯ' karda, guzored namoz» satrlariga kelganida, Imomali Rahmon raqsga tushdi va bu payt Rustam Imomali hamda boshqa tomoshabinlar unga qarsak chalishdi.
Tojikiston prezidenti agregatni ishga tushirishdan oldin GESni qurganlar bilan suhbat qurgan va ular bilan birga suratga tushgan.
Stansiya qurilishida 25 mingdan ko‘proq quruvchi, muhandis va boshqa texnik xodimlar ishtirok etgan. Rog‘un GESining barcha 6 ta gidroagregati ishga tushirilgach, u respublikadagi Nurek GESidan 1,5 marta ko‘proq elektr energiya ishlab chiqara boshlaydi.
Mavzuga oid

12:54 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Tojikiston chegaraoldi savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda

18:27 / 17.07.2025
Tojikiston Rog‘un GES orqali O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

17:39 / 30.05.2025
2023 yilda muzliklar 600 gigatonna suv yo‘qotdi – Imomali Rahmon

17:37 / 17.05.2025