Jahon | 00:28 / 24.11.2018
23847
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Putinning Qrimga tashrifini xalqaro huquqning buzilishi deb atadi

Foto: AFP 2018 / Sergei Supinsky

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Vladimir Putin Qrimga borgani uchun yarimorol Rossiyaniki bo‘lib qolmasligini aytdi.

"Biz Rossiya prezidentining harakatlarini xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi deb baholaymiz. Rossiyadagilar eshitib qo‘yishsin, bu tashriflardan Qrim Rossiyaniki bo‘lib qolmasligini alohida ta'kidlamoqchiman", dedi Poroshenko Slovakiya prezidenti Andrey  Kiska bilan o‘tkazilgan brifingda.

Shuningdek, Ukraina TIV Vladimir Putinning Qrimga tashrifi sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasi yo‘lladi.

"Ukraina TIV RF prezidenti Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtincha bosib olingan Ukraina hududi – Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopolga Ukraina bilan kelishmasdan navbatdagi tashrifini amalga oshirgani sababli qat'iy norozilik bildiradi. RF tashqi ishlar vazirligiga tegishli norozilik notasi yo‘llandi", deyiladi Ukraina TIV saytida berilgan bayonotda.  

23 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimga tashrif buyurdi va Yaltadagi “Mriya” mehmonxona majmuasida "may farmonlari"ning bajarilishi bo‘yicha davlat  kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi.

Mavzuga oid