Hukumatning yo‘l harakati xavfsizligiga doir yangi qarori qabul qilinadi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida ilmiy, axborot-tahlil va targ‘ibot faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jami cheklangan shtatlar doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasidagi muammolarni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazini;
Ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan axborot-tahlil multimedia markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar Ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
yo‘l-transport hodisalari sabab va shart-sharoitlarini tizimli o‘rganishga doir ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi dolzarb muammolarni bartaraf etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy, axborot-tahliliy va texnik tartibga solishni takomillashtirishda ishtirok etish;
yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘l-transport hodisasidan himoya qilish darajasini oshirishning huquqiy, muhandislik-texnik, axborot, tashkiliy-metodik muammolarini hal qilishga doir vazifalarni bajarish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.
Belgilanishicha:
Ilmiy-tadqiqot markaziga Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan tavsiya etiladigan va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi;
Ilmiy-tadqiqot markazi xodimlariga Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;
Ilmiy-tadqiqot markazi shahodatlangan xodimlariga Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;
Ilmiy-tadqiqot markazi shahodatlangan xodimlariga avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus unvonlar saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan byudjyet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi.
Quyidagilar Multimedia markazining asosiy vazifalari etib belgilanishi mumkin:
yo‘l harakati xavfsizligi sohasida axborot-tahliliy va obzorli media materiallarni, shu jumladan audio hamda videoroliklar, tele va radio dasturlar, ijtimoiy roliklar, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan reportajlarni tayyorlash hamda efirga, shuningdek Internet tarmog‘iga uzatish;
yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va qoidabuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning hamda sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, jamiyatda harakatlanish madaniyatini hamda harakat ishtirokchilarining huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish;
jamoatchilikning yuqori qiziqishini uyg‘otgan yo‘l transport hodisalarining mohiyati bo‘yicha xolis fikrni shakllantirish hamda aholini bunday hodisalar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin Multimedia markaziga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobillar oynalarini qoraytirishga doir yangi nizom qabul qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025