Jyek Ma Xitoy Kommunistik partiyasiga a'zo ekani oshkor bo‘ldi

Foto: REUTERS/Ted S. Warren/Pool
Xitoylik milliarder va Alibaba asoschisi Jyek Ma Xitoy Kommunistik partiyasi a'zosi. Bu haqda kompartiyaning «Jenmin jibao» rasmiy gazetasi xabar berdi. Uning partiyaga aynan qachon kirganiga aniqlik kiritilmagan, deb yozmoqda «Vedomosti».
Nashr islohotlar va ochiqlik - hukmron partiya iqtisodiy islohotlar dasturiga katta hissa qo‘shgan 100 kishidan iborat ro‘yxatni e'lon qildi. Unda ta'kidlanishicha, Ma Xitoy kompartiyasiga a'zodir.
«Uning rahbarligida Alibaba Group bozordagi qiymati bo‘yicha jahondagi eng katta o‘nta kompaniyadan biriga aylandi va Xitoyni elektron tijorat, internet-moliya hamda bulutli hisoblash sohasida dunyodagi yetakchi o‘yinchiga aylantirdi», - deya ta'kidlaydi «Jenmin jibao».
Siyosiy qarashlar kompaniyada biznes qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta'sir qilmaydi, deya aytib o‘tgan Alibaba matbuot kotibi Reuters so‘roviga.
Mavzuga oid

21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

18:33 / 09.05.2025