Yoshlar mavzusidagi ijtimoiy roliklar tanlovi e'lon qilindi! Mutlaq g‘olib 10 million so‘m sohibiga aylanadi

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qiluvchi rolik mualliflarini rag‘batlantirish maqsadida Ijtimoiy roliklar tanlovi e'lon qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar media markazi tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda g‘oliblar beshta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi:
1) Innovatsion g‘oya va aqliy salohiyatni oshirish;
2) Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandlikka ko‘maklashish;
3) Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib qilish;
4) Jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish;
5) “Bu – mening O‘zbekistonim”.
Yoshlar mavzusidagi ijtimoiy roliklar tanlovi e'lon qilindi! Mutlaq g‘olib 10 million so‘m sohibiga aylanadi pic.twitter.com/bWBmvyJh0e
— Kun.uz (@KunUzNews) December 18, 2018
Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rin hamda rag‘batlantiruvchi mukofot beriladi. 1-o‘ringa 5 million so‘m, 2-o‘ringa 3 million so‘m, 3-o‘ringa 2 million so‘m, rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibiga esa 1 million so‘m ajratilgan.
Hakamlar hay'ati qarori bilan 5 ta nominatsiyaga taqdim etilgan roliklardan biri mutlaq g‘olib sifatida e'lon qilinadi va muallifga 10 million so‘m beriladi.
Materiallar 24 dekabrga qadar Yoshlar ijod saroyida qabul qilinadi. Unda 2018 yil davomida tasvirga olingan mavzuga oid barcha roliklarni taqdim qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06
-
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
O‘zbekiston | 22:37
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

10:15 / 17.05.2023
MRB Telegram'da rossiyaliklar uchun rolik e’lon qildi

17:48 / 28.09.2019
«Qolipga solingan fikrlar yoshlarga qiziq emas» - Yoshlar ittifoqini o‘zgartirishga intilayotgan Alisher Sa’dullayev bilan suhbat

15:50 / 25.06.2019
Namanganliklar «Yoshlar va qonun» tanlovida peshqadam bo‘ldi

15:59 / 17.06.2019