APL. "Manchester Yunayted" Mourino iste'fosidan keyingi ilk o‘yinda 5ta gol urdi

Foto: Getty Images
Angliya chempionati 18-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘tkazildi.
"Kardiff" maydoniga safar qilgan "Manchester Yunayted" yirik hisobda g‘alaba qozondi – 1:5.
Mehmonlar safida Reshford, Errera hamda Marsyal 1tadan gol urgan bo‘lsa, Lingard dubl qayd etdi. Maydon egalarining yagona goli Kamarasa tomonidan kiritildi.
Ushbu uchrashuv "Manchester Yunayted"ni Joze Mourinodan keyin qabul qilib olgan Ule-Gunner Sulsher uchun ilk o‘yin bo‘ldi.
Kardiff – Manchester Yunayted 1:5 (1:3, 0:2)
Gollar: 0:1 – 3 Reshford, 0:2 – 29 Errera, 1:2 – 38, penalti Kamarasa, 1:3 – 41 Marsyal, 1:4 – 57, penalti Lingard, 1:5 – 90 Lingard.
Kardiff – Eteridj, Manga, Morrison, Bamba, Kanningem, Gunnarsson (Rolls, 83), Xoylett (Xarris, 74), Kamarasa, Arter (Zoxore, 61), Merfi, Paterson.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Lindelef, Djons, Shou, Errera, Matich (Fellayni, 87), Pogba, Lingard, Reshford (Fred, 79), Marsyal (Pereyra, 87).
Ogohlantirishlar: Shou (35), Gunnarsson (58), Kanningem (79).
Mavzuga oid

15:13
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?

18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan

11:41 / 18.04.2025
Remontada «Old Trafford»da bo‘ldi. «MYu» 7 daqiqada uchta gol urib yarimfinalga chiqdi

13:10 / 03.03.2025