Jahon | 19:32 / 24.12.2018
6156
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi sunami qurbonlari soni 373 nafarga yetdi

Foto: AFP

Indoneziyada yuz bergan sunami oqibatida halok bo‘lganlar soni 373 nafarga yetdi. 1,4 mingdan ko‘proq odam jarohat olgan. 

Avvalroq 334 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan. 

Tsunami Zond bo‘g‘ozi sohillariga 22 dekabrda yopirilgan. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda. 

Indoneziyaning mutasaddi idoralari sunamiga Anak-Krakatau vulqonining faollashishi oqibatida yuz bergan suv osti ko‘chkisi olib kelgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Mamlakatda suv osti ko‘chkilari yoki dengizdagi vulqonlar oqibatida vujudga kelgan sunamidan ogohlantirish tizimi yo‘q.

Mavzuga oid