Tramp AQShdagi muhojirlar farzandlarining o‘limida demokratlarni aybladi

Foto: REUTERS/Jonathan Ernst
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaga o‘z ota-onalari - noqonuniy muhojirlar bilan kelgan bolalarning o‘limida AQSh hukumatiga Meksika bilan chegara hududida devor qurishga qarshi chiqayotgan Demokratik partiya vakillari aybdor, deb hisoblaydi. Oq uy rahbari o‘zining Twitter'ida AQShning janubiy chegarasi yaqinidagi migrantlar yashovchi markazlardagi ikki o‘limi holatiga izoh berar ekan, shunday bayonot berdi.
«Chegara yaqinida bolalar yoki boshqa odamlarning o‘limi bilan bog‘liq har qanday holatlar demokratlar vijdoniga havola va ularning migratsion siyosati natijasidir, zero bunday siyosat ularga bizning mamlakatimizga noqonuniy kirib kelish mumkinligiga ishonch berib, katta yo‘lni bosib o‘tishga imkon beradi. Ular esa bunday qila olishmaydi. Agar o‘rtada devor bo‘lganida edi, ular bunga hatto harakat ham qilmagan bo‘lar edi!» – deydi prezident.
«Hayotdan ko‘z yumgan ikki bola chegarachilarga yetib kelishdan oldin kasal bo‘lgan. Bolaning otasi bu chegarachilarning aybi emasligini aytgan, u bolaga bir necha kun hatto suv ham bermagan. Chegara nazorati uchun devor kerak, shundagina bunday holatlarga chek qo‘yiladi», – deb hisoblaydi Tramp.
AQSh-Meksika chegarasini otasi bilan birga noqonuniy kesib o‘tishga urinish vaqtida qo‘lga olingan 8 yoshli gvatemalalik bola 25 dekabrga o‘tar kechasi vafot etgan. Qo‘shma Shtatlar bojxona-chegara xizmatidan ma'lum qilinishicha, 24 dekabr kuni Nyu-Meksiko shtatidagi shifoxonalardan birida bolaning ahvoli yomonlashgan, unga yuqori harorat bilan kuzatilgan shamollash tashxisi qo‘yilgan. Unga dori-darmon belgilab, shifoxonadan ruxsat berishgan, biroq shundan keyin bolaning ahvoli yomonlashgan va uni yana tibbiyot muassasasiga yetkazishga to‘g‘ri kelgan, tez orada u shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Bundan oldin ham AQShning Meksika bilan chegarasidagi migrantlar markazida joylashgan 7 yoshli gvatemalalik qiz vafot etgan edi. BMTning migrantlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus ma'ruzachisi Gonsales Morales AQSh hukumatini uning o‘limi sabablarini yaxshilab o‘rganishga chaqirdi. Shuningdek, u Vashingtondan bolalarni bunday markazlarga joylashtirishni to‘xtatishni talab qildi.
Mavzuga oid

22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi

20:22 / 07.09.2024
Britaniyada chaqaloqlar va yosh bolalarning ommaviy qabri topildi

14:57 / 12.03.2024
Demokratlar yoki respublikachilar – AQShda qaysi partiya vakili eng ko‘p prezident bo‘lgan?

19:38 / 13.05.2023