Markaziy bank: banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 70 trln so‘mni tashkil etdi

Foto: Shutterstock
Banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi yil boshiga nisbatan 17 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 70 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabariga ko‘ra, shu jumladan, aholi omonatlari 21%ga oshib, 14,7 trln so‘mga yetgan.
Depozit mablag‘lari tarkibida milliy valutadagi depozitlar va omonatlar ulushi mos ravishda 62% va 60%gacha oshib, mazkur ko‘rsatkichni bank aktivlarini (resurs) shakllantirishda xorijiy valutaning ahamiyati pasayganligi sifatida izohlash mumkin.
Shuningdek, bank tizimining jami kredit qo‘yilmalari joriy yil boshiga nisbatan 51 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 167 trln so‘mni tashkil etdi.
Kredit qo‘yilmalari dinamikasining ushbu davrida xorijiy valutadagi kreditlar ulushi 62 foizdan 56 foizga tushib, kamayish tendensiyasiga ega.
Mavzuga oid

19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi

08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin

09:59 / 23.11.2024