Osiyo Kubogi. Yaponiya Turkmanistonni qiyinchilik bilan yengdi

Foto: Twitter / @afcasiancup
Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etmoqda.
F guruhida Yaponiya va Turkmaniston terma jamoalari bellashdi. O‘yin «Kunchiqar yurt» mamlakati vakillarining 3:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan tugadi. Yaponiyalik Osako o‘yinda 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Guruhning yana bir o‘yinida O‘zbekiston va Ummon bellashadi.
Osiyo Kubogi
F guruhi, 1-tur
9 yanvar
Yaponiya – Turkmaniston 3:2
Gollar: Osako (56, 60), Doan (71) – Amanov (27), Otayev (79 pen)
Yaponiya – Shuichi Gonda, Hiroki Sakai, Yuto Nagatomo, Maya Yoshida (s), Tomoaki Makino, Takehiro Tomiyasu, Genki Haraguchi, Ritsu Doan, Takumi Minamino (Koya Kitagava, 73), Gaku Shibasaki, Yuya Osako.
Turkmaniston – Mammet O‘razmuhammedov, Mekan Saparov, Vezirgeldi Ilyasov, Zafar Bobojonov, Sardor Annao‘razov, Gurbangeldi Batirov, Rasul Xo‘jayev, Ahmet Atayev, Arslanmurat Amanov (Murat Yaxshiyev, 69), Ruslan Mingazov (Mixail Titov, 85), Vaxit O‘razsehedov (Oltimurat Annadurdiyev, 59).
Ogohlantirishlar: Sakai (33), Gonda (78), Ilyasov (90).
Mavzuga oid

23:40 / 20.04.2025
Osiyo Kubogi U-17. Turnirining eng yaxshilari aniqlandi

01:32 / 07.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

22:07 / 06.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Xitoy bilan o‘yinda kambek qildi

09:37 / 04.04.2025