Jahon | 19:54 / 26.01.2019
13779
1 daqiqa o‘qiladi

Nadejda Savchenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi

Ukraina Oliy radasi deputati, davlat to‘ntarishini tashkil etishda gumon qilinib tergov izolyatorida saqlanayotgan Nadejda Savchenko mamlakat prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.

Deputatning nomzodini uning «Nadejda Savchenkoning ijtimoiy-siyosiy platformasi» partiyasi ilgari surgan.

«MSKga taqdim etish uchun barcha hujjatlar tayyor, badal to‘lasak bo‘ldi. Bankda hisob raqami ochilishini kutyapmiz», degan uning singlisi, partiya rahbari Vera Savchenko.

Savchenko o‘tgan yilning martida qo‘lga olingan. U Kiyev markazida terrorchilik harakati sodir etish va hukumat vakillari, jumladan prezident Pyotr Poroshenkoga suiqasd uyushtirishga tayyorlanishda ayblanmoqda. 

Mavzuga oid