Birgalikda 70 yil hayot kechirgan er-xotin bir kunda vafot etdi

Foto: Amanda Platell
Avstraliyada birgalikda 70 yil umr kechirgan oilaviy juftlik bir kunda vafot etdi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.
90 yoshli Norma Jon Platell va 92 yoshli Frensis Ernest Platell 6 yanvar kuni qariyalar uyida vafot etishdi.
Ularning holidan xabar olgani kirgan hamshira qariyalar vafot etganining guvohi bo‘lgan. Shifokor ularning vafot etgan vaqtlari orasidagi farqni aniq belgilay olmagan va juftlik bir vaqtda vafot etgani bayon qilingan.
Uch yil ilgari keksa ayolda Alsgeymer kasalligi aniqlanganidan so‘ng u mustaqil harakatlana olmay qolgan va qariyalar uyiga joylashtirilgan.
Turmush o‘rtog‘i har kuni uning oldiga kelib butun kunini ayoli bilan birga o‘tkazgan. Qariyaning sog‘ligi yomonlashganidan so‘ng u ham ayolining yoniga joylashtirilgan va ular umrlarining so‘nggi damiga qadar bir xonada yashab kelishgan.
Mavzuga oid

21:25
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi

21:02
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

01:16 / 24.04.2025
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

23:24 / 01.04.2025