AQShning katta qismida sovuq harorat qayd etildi. Chikagoda sovuq rekord darajada

Foto: REUTERS / Lindsay Dedario
30 yanvarda AQShning katta qismida sovuq harorat o‘rnatildi. Jumladan, Chikagoda kuzatuvlar tarixidagi eng sovuq harorat qayd etilgan.
AQShning shimolida joylashgan Chikagoda ertalab harorat 33 daraja sovuqni tashkil qilgan. Avvalgi rekord sovuq harorat 1966 yilda qayd qilingan. Vaziyat sovuqning odamlarga ta'sirini yanada kuchaytiradigan va bir necha daqiqada muzlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan kuchli shamol bilan yanada murakkablashgan.
Shunga yaqin sovuq harorat Miluoki (Viskonsin), De-Moyne (Ayova) va Minneapolisda (Minnesota) kuzatilgan.
AQSh shimolidagi ko‘plab shaharlarda sovuq tufayli maktablar, turli muassasalar, muzeylar yopilmoqda. Jamoat transporti qiyinchilik bilan ishlamoqda.
Poytaxt Vashingtonda 2 daraja sovuq bo‘lgan. Natijada AQShning xodimlarni boshqarish idorasi federal xizmatchilar ishga 3 soatlik kechikish bilan kelishlari yoki rejalashtirilmagan ta'til olishlari mumkinligini e'lon qilgan.
Vashington atrofidagi hududlarda harorat 11 darajagacha pasayishi sababli maktablar va ko‘plab restoranlar yopilgan.
Mavzuga oid

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

21:27 / 14.06.2025