Sport | 09:40 / 31.01.2019
8642
2 daqiqa o‘qiladi

UFC  prezidenti Nurmagomedovning diskvalifikatsiyasini o‘ta qattiqqo‘l deb atadi

Foto: AP

UFC prezidenti Dana Uayt Nevada shtati atletik komissiyasining rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning 9 oyga musobaqalardan chetlatilishi qaroriga izoh berdi. 

Nurmagomedov komissiya qaroriga ko‘ra Konor Makgregorga qarshi jangdan keyin yuzaga kelgan mojaro uchun 9 oyga chetlatildi va 500 ming dollarlik jarimaga tortildi. 

“Meni Xabibning diskvalifikatsiyasi muddati ajablantirdi. Yarim million dollarlik jarima va u ijtimoiy ishlarga rozi bo‘lsa, 6 oylik chetlatish, fikrimcha, o‘ta qattiqqo‘ldir. Biroq bizda nima bo‘lsa, shunga egamiz”, deb aytgan Uayt.

Uayt, shuningdek, sportchilarning yonini olgan.

“Bu kurash. Qanday boqma, biroq bu kurash. Ba'zida jangchilar bir-birini yoqtirmaydigan vaziyatlar uchraydi. Xuddi shu vaziyat bu gal ham bo‘lgan. Biz qiladigan barcha narsa bu kurashdir. Jangchilar bir-birlariga jirkanch so‘zlar aytishga ko‘nikib ketishgan, bundan qochib bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan UFC  prezidenti.

Nurmagomedov 2018 yil 6 oktyabrda o‘tgan jangdan keyin oktagondan sakrab o‘tib, raqibining sparring-sherigi Dilon Denis bilan urishib ketgan va murabbiylar hamda boshqa sportchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.

Mojaroning yana bir ishtirokchisi bo‘lgan Makgergorga 6 oylik diskvalifikatsiya va 50 ming dollarlik jarima tayinlangan.   

Mavzuga oid