AQSh Rossiyaga yangi teleskop bo‘yicha yordam berishdan bosh tortdi

Foto: Shutterstock
NASA 2022-2023 yillarda Rossiyaga ultrabinafsha teleskopni XKSga olib chiqishda yordam berishni istamadi. Bu haqda RIA «Novosti» Moskva davlat universitetining Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Mixail Panasyukka asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yangi teleskop juda yuqori energiyalar kosmik nurlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
«Moliyalashtirish ajratilsa va barcha texnik masalalar hal etilsa, teleskopni XKSga yuborish 2022-2023 yillarga rejalashtirilgan», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Panasyuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQShga teleskopni tashishda ishtirok etishni taklif qilgan, ammo «buning o‘rniga NASA ultrabinafsha teleskopli ikkita sun'iy yo‘ldoshdan iborat xuddi shu kabi loyihani ilgari surdi».
Mavzuga oid

15:58
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi

13:48
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

13:00
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi

22:41 / 05.05.2025